BNF-A Glucose
Qisqacha tavsif:
Ko‘rinadigan zarrachalarsiz, rangsiz tiniq eritma, oq rangli plastik kanistralarda qadoqlangan.
Asosiy qo‘llanilishi:
Gemodializ davolash jarayonida kislota-ishqor va suv-elektrolit muvozanatini ta’minlash, shuningdek surunkali va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya hamda intoksikatsiyadan aziyat chekayotgan bemorlarni davolashda qo‘llaniladi.
Turlari va qadoqlanishi: 5 va 10 litr hajmda oq rangli plastik kanistrada.
Qo‘llash usuli: Eritma gemodializ apparatlarida mos bikarbonat komponenti bilan quyidagi nisbatda qo‘llaniladi:
| Nomi | 35× Suyultirish nisbati |
| Kislota eritmasi | 1,000 l |
| Bikarbonat komponenti | 1,225 l |
| Tozalangan suv | 32,775 l |
Tarkibi: Belgilangan nisbatda suyultirilgandan so‘ng tayyor eritmaning tarkibi quyidagicha:
| Tibbiy buyum nomi | Na+, mmol/l | K+, mmol/l | Ca+2, mmol/l | Mg+2, mmol/l | Cl, mmol/l | CH3COO | HCO3, mmol/l | Glyukoza, mmol/l | Osm, mmol/l |
| Koncentratsiyalangan kislota eritmasi BNF-A1Glucose | 138 | 1 | 1.25 | 0.5 | 107.5 | 3 | 32 | 5.55 | 289 |
| Koncentratsiyalangan kislota eritmasi BNF-A2Glucose | 138 | 1 | 1.5 | 0.5 | 108 | 3 | 32 | 5.55 | 290 |
| Koncentratsiyalangan kislota eritmasi BNF-A3Glucose | 138 | 1 | 1.75 | 0.5 | 108.5 | 3 | 32 | 5.55 | 291 |
| Koncentratsiyalangan kislota eritmasi BNF-A4Glucose | 138 | 2 | 1.25 | 0.5 | 108.5 | 3 | 32 | 5.55 | 291 |
| Koncentratsiyalangan kislota eritmasi BNF-A5Glucose | 138 | 2 | 1.5 | 0.5 | 109 | 3 | 32 | 5.55 | 292 |
| Koncentratsiyalangan kislota eritmasi BNF-A6Glucose | 138 | 2 | 1.75 | 0.5 | 109.5 | 3 | 32 | 5.55 | 293 |
| Koncentratsiyalangan kislota eritmasi BNF-A7Glucose | 138 | 3 | 1.25 | 0.5 | 109.5 | 3 | 32 | 5.55 | 293 |
| Koncentratsiyalangan kislota eritmasi BNF-A8Glucose | 138 | 3 | 1.5 | 0.5 | 110 | 3 | 32 | 5.55 | 294 |
| Koncentratsiyalangan kislota eritmasi BNF-A9Glucose | 138 | 3 | 1.75 | 0.5 | 110.5 | 3 | 32 | 5.55 | 295 |
Tibbiy buyumning yaroqlilik muddati va saqlash sharoiti haqida ma’lumot:
Yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2 yil. Mahkam yopilgan kanistrada +10°C dan +25°C gacha bo‘lgan haroratda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoyalangan joyda saqlansin. Ochiq kanistrani uzoq muddat saqlash bakterial kontaminatsiyaga olib kelishi mumkin. Ochiq kanistrani 24 soat ichida ishlatish kerak. Yaroqlilik muddati o‘tgan eritma qo‘llanilmasin.