BNF-Citric 50
Tavsifi:
Ko‘rinadigan zarrachalarsiz, biroz sarg‘ish tusli tiniq eritma, oq rangli plastik kanistralarda qadoqlangan.
Qo‘llanilishi:
Eritmalar gemodializ uskunalarining ichki yuzasini noorganik kislotalar tuzlari cho‘kindilaridan tozalash (dekalsinatsiya) uchun mo‘ljallangan.
Ishlov berish 83°C ±1°C haroratda, ishchi eritmani apparatning yopiq konturi bo‘ylab 15 daqiqa davomida aylantirish orqali amalga oshiriladi.
Vosita gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga (shu jumladan sil mikobakteriyalari), Candida turiga mansub zamburug‘larga hamda viruslarga (jumladan parenteral gepatit viruslari va OIV) qarshi faol ta’sir ko‘rsatadi.
BNF-Citric 50 tarkibi:
Limon kislotasi (50%) va tozalangan suv.