BNF-B
Qisqacha tavsif:
Ko‘rinadigan zarrachalarsiz, rangsiz tiniq eritma, oq rangli plastik kanistralarda qadoqlangan.
Asosiy qo‘llanilishi:
Gemodializ davolash jarayonida kislota-ishqor hamda suv-elektrolit muvozanatini ta’minlash uchun, shuningdek surunkali va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya hamda intoksikatsiyadan aziyat chekayotgan bemorlarni davolashda qo‘llaniladi.
Turlari va qadoqlanishi: 6 litr hajmda oq rangli plastik kanistrada.
Tibbiy buyum tarkibi va tavsifi:
Natriy bikarbonat – 84,0 g.
Tozalangan suv – 1,0 l gacha.
Qo‘llash usuli:
Eritma gemodializ apparatlarida mos bikarbonat komponenti bilan birgalikda quyidagi 35× suyultirish nisbatida qo‘llaniladi:
| Nomi | 35× Suyultirish nisbati |
| Kislota eritmasi | 1,000 l |
| Bikarbonat komponenti | 1,225 l |
| Tozalangan suv | 32,775 l |
Tibbiy buyumning yaroqlilik muddati va saqlash sharoiti haqida ma’lumot:
Yaroqlilik muddati – ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2 yil. +10°C dan +25°C gacha bo‘lgan haroratda, mahkam yopilgan kanistrada, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoyalangan joyda saqlansin. Ochiq kanistrani uzoq muddat saqlash bakterial kontaminatsiyaga olib kelishi mumkin. Ochiq kanistrani 24 soat ichida ishlatish kerak. Yaroqlilik muddati o‘tgan eritma qo‘llanilmasin.